O‘zbekistonda 24-noyabrdan 2-dekabrga qadar muddatidan oldingi saylovlar o‘tkaziladi

© Foto : Saeimas Preses dienestsOvoz berish
Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovchi ushbu kunlarda soat 9.00 dan 18.00 ga qadar uchastka saylov komissiyalariga murojaat qilishi mumkin

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisida saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish haqidagi masala ko‘rib chiqildi.

2016 yilgi saylovlarga taklifnoma - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolarga saylov taklifnomalari tarqatilishi boshlandi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi.

Okrug hududidagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish 24-noyabr kuni boshlanib, 2-dekabr kuni yakunlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Saylovchi ushbu kunlarda soat 9.00 dan 18.00 ga qadar uchastka saylov komissiyalariga murojaat qilishi mumkin.

Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0