O‘zXDP Ketmonov nomiga ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan soxta sahifalarga ishonmaslikka chaqirdi

© SputnikHotamjon Ketmonov
Hotamjon Ketmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Saylovchilarni ko‘rsatib o‘tilgan havolalar rasmiy bo‘lib, nomzod nomidan tashkil etilayotgan boshqa sahifalardagi axborotlarga e’tibor qaratmaslikka chaqiramiz", deyiladi bayonotda

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovchilarni Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov nomidan ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan soxta sahifalarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi. Bu borada partiya markaziy saylov shtabi rasmiy bayonot berdi.    

Bayonotda Hotamjon Ketmonovning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari e’lon qilingan.

"Ayni paytda mamlakatimiz uchun muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan, targ‘ibot-tashviqot jarayonlari faol davom etmoqda.

O‘zbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov - Sputnik O‘zbekiston
Hotamjon Ketmonov: YeOII hozircha jozibador tashkilot emas

Bu borada, an’anaviy targ‘ibot vositalari bilan bir qatorda, on-layn targ‘ibot, xususan, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, partiyadan nomzodi ilgari surilayotgan Hotamjon Ketmonovning rasmiy sahifalarini quyidagi:
https://www.facebook.com/Xatamjon.Ketmonov/, https://twitter.com/X_A_Ketmonov, https://telegram.me/X_A_Ketmonov manzillar orqali kuzatib borish imkoniyatiga barcha saylovchilar ega ekanini ma’lum qilamiz", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Xalq demokratik partiyasi bayonotida Hotamjon Ketmonov nomidan tashkil etilayotgan boshqa sahifalarga e’tibor qaratmaslik so‘raladi.

"Saylovchilarni ko‘rsatib o‘tilgan havolalar rasmiy bo‘lib, nomzod nomidan tashkil etilayotgan boshqa sahifalardagi axborotlarga e’tibor qaratmaslikka chaqiramiz", deb yakunlanadi bayonot.

Yangiliklar lentasi
0