Toshkent metrosida Rossiyaning zamonaviy vagonlari paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishZamonaviy metro vagoni
Zamonaviy metro vagoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vagonlarga zamonaviy konditsioner, ventilyatsiya va ultrabinafsha chiroqlar yordamida havoni tozalash tizimi, videokameralar va sensorli axborot monitorlari o‘rnatilgan

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiyaning "Transmashxolding" kompaniyasi Toshkent metropoliteni vagonlarini modernizatsiya qilish jarayonida ishtirok etish niyatida, deb ma’lum qildi kompaniya vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Bugun "Transmashxolding"ning vakillar delegatsiyasi kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga uchib ketadi. Xususan, rossiyaliklar Toshkent metropolitenida "Moskva" deb nomlanuvchi 765-seriyadagi eng yangi vagonlardan foydalanishni taklif etishmoqchi.

"Biz O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz. Toshkentdagi uchrashuvda o‘zaro hamkorlik va hozirda faol rivojlanayotgan Toshkent metrosi uchun 765-seriyadagi innovatsion vagonlarimizni yetkazib berish masalalari muhokama qilinadi", — dedi kompaniya vakili.

Metro poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida yer usti metrosi qurilishi boshlandi

Yangi vagonlar yo‘lovchilarga yuqori darajadagi qulaylik yaratish nuqtayi nazaridan ishlab chiqarilgan. Vagonlarga zamonaviy konditsioner, ventilyatsiya va ultrabinafsha chiroqlar yordamida havoni tozalash tizimi, videokameralar o‘rnatilgan.

Yangi vagonlar tig‘iz vaqtlarda ham asqotadi – eshiklar ilgarigi vagonlarnikiga nisbatan 12 foizga kengroq bo‘lib, vagondan vagonga ham o‘tish mumkin.

Bundan tashqari, vagonlar sensorli axborot monitorlari bilan jihozlangan. Metroning interaktiv xaritasi yordamida kerakli bekatlarni topish, yo‘nalishni aniqlash va yo‘lga ketadigan vaqtni hisoblash mumkin.

Yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik – tutqichlar soni 30 foizga ko‘paytirilgan bo‘lib, ular "iliq" qoplama bilan qoplangan. Qayd etib o‘tish joiz, bugungi kunda poytaxt metropoliteni parkida jami 198ta vagon bo‘lib, vagonlarning o‘rtacha yoshi 25-yilni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0