MDH va ShHT kuzatuvchilari O‘zbekistondagi faoliyatlarini boshlashdi

Obuna bo‘lish
MSK vakili MDHning 26 va ShHTning 13 nafar kuzatuvchisi akkreditatsiyadan o‘tkazilganligini ma’lum qildi

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti missiyalari kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti saylovlarini kuzatish bo‘yicha faoliyatlarini boshlashdi, deb xabar qildi RIA Novosti MSK matbuot xizmatiga asoslanib.

Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda rasman faoliyat ko‘rsatuvchi barcha to‘rt siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovda qatnashish uchun ro‘yxatga olingan.

"O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi majlisida Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti missiyalari kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu kuzatuvchilarning birinchi guruhi", — deyiladi MSK xabarida.

Xalqaro kuzatuvchilar Namanganda o‘z missiyasini boshladi - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro kuzatuvchilar Namanganda o‘z missiyasini boshladi

MSK vakili RIA Novostiga MDHning 26 va ShHTning 13 nafar kuzatuvchisi akkreditatsiyadan o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Xususan, missiya rahbarlari — MDH ijroiya kotibi Sergey Lebedev va ShHT bosh kotibi Rashid Alimovlar ham akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Ilgariroq O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish uchun MDH missiyasi tarkibiga 70ga yaqin kuzatuvchi kirishi xabar qilingandi.

Ikkinchi noyabr kuni YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi missiyasi O‘zbekiston Prezidentligi saylovlarini kuzatish bo‘yicha o‘z ishini boshlagandi. 

2015 yilning 29-martida bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlariga YeXHT o‘zining cheklangan kuzatuvchilar missiyasini jo‘natgandi. Saylovlarni 43 mamlakatdan 300ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar, jumladan MDH, YeXHT, ShHT, IHT va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatishgandi.

Yangiliklar lentasi
0