O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xatarli mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi

© Behruz KarimovTermiz shahri
Termiz shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlari - O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston - ekspertlar tomonidan sayohat uchun yuqori xavfga ega mamlakatlar sifatida belgilangan

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. International SOS va Control Risks kompaniyalari mutaxassislari 2017-yilda turistlar uchun eng xavfli bo‘ladigan mamlakatlar reytingini tuzdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

"Markaziy Osiyo mamlakatlari — O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston — ekspertlar tomonidan sayohat uchun yuqori xavfga ega mamlakatlar sifatida belgilangan", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ruyxatidan joy oldi
Mutaxassislar, bu davlatlarda sayyohlarga asosiy tibbiy hamda stomatologiya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’kidlaganlar, ammo ular sifatli dori-darmon vositalarini topa olmaslik, soxta yoxud sifatsiz dorilarni xarid qilish singari muammolarga duch kelishlari mumkinligini ham qo‘shimcha qilganlar.

Bundan tashqari, vabo, dang isitma, bezgak kabi jiddiy yuqumli kasalliklar ham sayyohlarga tahdid solishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Dunyo mamlakatlari xavflilik darajasini aniqlashda, shuningdek, terrorchilik, ommaviy tartibsizliklar, urush, ijtimoiy ziddiyatlar, umumiy jinoyatchilik kabi mezonlar ham hisobga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyaning Aon Belgium kompaniyasi joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston terrorchilik xavfi eng kam deb tan olingan mamlakatlar qatoridan joy oldi, deya xabar tarqatgan edi.

International SOS va Control Risks kompaniyalari mutaxassislari sayyohlar uchun eng xafli mamlakatlar sifatiga — Liviya, Mali, Janubiy Sudan, Yaman, Suriya, MAR, Afg‘oniston va Venesuelani qo‘shganlar.

Yangiliklar lentasi
0