BI-bi-si Shimoliy Koreyada o‘z eshittirishlarini boshlamoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPxenyan
Pxenyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Bi-bi-si telekorporatsiyasining jahon yangiliklari xizmati KXDR hududidan turib o‘z dasturlarini olib boradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Xabarda ta’kidlanishicha, "1940-yillardan buyon" amalga oshirib kelingan radioeshittirishlar kengaytirilishi tufayli bu ishni amalga oshirish imkoni paydo bo‘lgan. "Bu Bi-bi-si uchun tarixiy kun bo‘ldi", — deya bayonot qildi teleradiokompaniya Bosh rahbari Toni Xoll.

Sputnik radio studiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Times gazetasi Sputnik va RTga hasad qilmoqda
Tayms nashrida berilgan xabarlarga ko‘ra, 2017-yilning bahor mavsumidan boshlab, KXDR aholisi har kun erta tongda va kech oqshomda radio orqali 30 daqiqalik yangiliklar dasturini tinlab borishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, radioning internet-versiyasi ham yaratilishi ta’kidlanmoqda. Bi-bi-si manbalarining so‘zlariga qaraganda, translyatsiya KXDR hududidan olib borilmasmish.

"Dunyo haqida aniq ma’lumot olish inson huquqlaridan biri hisoblanadi. Va mening fikrimcha, Koreya yarimorolida o‘z eshittirishlarimizni koreys tilida olib borish vaqti keldi", — deb ta’kidlagan Bi-bi-sining jahon yangiliklari xizmati rahbari Fran Ansvort.

Bi-bi-si 2022-yilga kelib dunyoning 40 tilida o‘z dasturlarini olib borishni va o‘z muxlislari sonini 500 million kishiga yetkazishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0