TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
"Telefon suhbati davomida Qozog‘iston rahbari Erdo‘g‘onni Turkiya milliy bayrami — Respublika kuni bilan muborakbod etdi hamda do‘st turk xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi", — deyiladi xabar matnida.
Xabarda aytilishicha, tomonlar, shuningdek, ikkiyoqlama munosabatlarning kelgusidagi istiqbollari, hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha muhokama o‘tkazganlar.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada Respublika kuni 29-oktabrda nishonlanadi. 1923-yilda, ya’ni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan, Usmoniylar saltanati barham topgan, Turkiya respublikaga, Mustafo Kamol Otaturk esa — Turkiya respublikasining birinchi prezidentiga aylangan.