Rayhon G‘aniyeva va Farhod Alimovlarning nikoh to‘ylari 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi

© rayhonganieva.comRayxon Ganiyeva
Rayxon Ganiyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva hamda Farhod Alimovning atroflarida bo‘layotgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topdi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ularning nikoh sanasi ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning 5-noyabr kuni poytaxtimizning restoranlaridan birida Rayhon va Farhodning nikoh marosimlari munosabati bilan Amru-Ma’ruf dasturxoni yoziladi.

Rayxon Ganiyevpa - Sputnik O‘zbekiston
Rayhon G‘aniyeva turmushga chiqmoqda
Bu haqda "Darakchi" nashrida‚ xabar‚ berilgan hamda to‘y taklifnomasining surati ham ilova qilingan. Avvalroq Farhod Alimov ushbu sana hali ma’lum emasligini, biroq Rayhon bilan uchrashishayotganini ma’lum qilgandi.

© DarakchiTo‘yga taklifnoma
To‘yga taklifnoma - Sputnik O‘zbekiston
To‘yga taklifnoma

Qayd etish joizki, Rayhon va Farxod Alimov ham birinchi turmushlaridan ajrashgan.

Rayhon, Farxod Alimov bilan “Izlama” qo‘shig‘iga suratga olgan klipida ijodiy hamkorlik qilgan. Xonandaning aksariyat muxlislari videosar premyerasidan so‘ng, tarona va klip sujetini bevosita xonandaning hayotiga bog‘lashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0