Olma-Ota sudi 10 kishining qotiliga o‘lim jazosi berdi

© pixabay.comPetlya na viselitse
Petlya na viselitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 nafar huquqni saqlash organlari xodimlari va 2 tinch fuqaro umriga zomin bo‘lgan ekstremistga Olma-Ota sudi oliy jazo berish haqida hukm chiqardi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik, Mixail Yegorin. Olma-Ota tumanlararo maxsus sudi 8 nafar huquqni saqlash organlari va 2 tinch aholi umriga zomin bo‘lgan  Ruslan Kulekbayevni oliy jazoga mahkum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri sud zalidan.

Olma-Otada politsiyachilarga hujum uyushtirildi - Sputnik O‘zbekiston
Olma-Otada favqulodda holat bekor qilindi

Eslatib o‘tamiz, Olma-Otada 18-iyul kuni qurollangan jinoyatchi 8 politsiya xodimini o‘ldirgan. Undan oldin u bir ayol va taksi haydovchisini ham o‘ldirgan. Tez orada hibsga olingan jinoyatchi 26 yoshli, oldin ikki marta sudlangan qizilo‘rdalik Ruslan Kulekbayev bo‘lib chiqdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha — u qamoqxonada Salafiylar bilan aloqada bo‘lib diniy ekstremizm ta’siri ostiga tushib qolgan ekan.

Sudda Kulekbayev o‘z aybini tan oldi, lekin qilgan ishidan pushaymonda emasligini ta’kidladi. Uning fikricha qurbonlar "noto‘g‘ri yo‘lda bo‘lishgan".

"Kulekbayev Ruslanga o‘lim jazosi berilsin", — dedi sudya, sud hukmini e’lon qilarkan.

Kulekbayev Qozog‘iston JKning "terrorchilik", "qotillik", "qotillikka tajovuz" "noqonuniy qurol yasash" va "qurol saqlash" bandalariga binoan ayblandi.

Eslatib o‘tamiz,  Qozog‘iston prezidenti 2003-yildan buyon o‘lim jazo qo‘llashga moratoriy (ta’qiq) o‘rnatgan edi. Ushbu qaror o‘limga mahkum qilinganlarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llashni ta’qiqlaydi, lekin sudlarga bunday qaror chiqarish huquqini bekor qilmaydi. 2004-yildan buyon o‘lim jazosi umurbod qamoq jazosi bilan almashtirilib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0