Alepponi tark etmoqchi bo‘lganlardan 300 $dan talab qilinmoqda

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishAleppodagi vaziyat
Aleppodagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik va suriyalik harbiylar qurbonlar bo‘lmasligi uchun sakkizta maxsus gumanitar yo‘laklarni tashkil etdilar, ular orqali tinch aholi va jangarilar Aleppo sharqidagi tumanlarni tark etishlari mumkin

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Aleppodagi jangarilar shaharni maxsus gumanitar yo‘laklar orqali tark etishni xohlovchi tinch aholining har biridan 150 ming suriya lirasi (300 dollar)dan talab qilmoqda. Ular o‘zlarining ushbu qarorlarini varaqalar yordamida ma’lum qilganlar. Jangarilarning talablari "Jaysh-al-Fatx Oliy harbiy kengashi" tomonidan imzolangan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Aleppo shimolida Gumanitarniy koridor - Sputnik O‘zbekiston
Terrorchilar Aleppodan chiqmoqchi bo‘lgan tinch aholini o‘qqa tutdi
"Suriya armiyasi harbiylari tomonidan Aleppo kvartallarining bombardimon va blokada qilinishi tufayli tinch aholiga yetayotgan zahmat darajasini rahbariyatimiz anglab yetadi. Birodarlarimiz bilan maslahatlashgach, 14 yoshgacha va 55 yoshdan katta bo‘lgan aholiga chiqishga ruxsat beramiz. Ammo bu uchun ular 150 ming suriya lirasini to‘lashlari lozim. Bu mablag‘lar frontdagi birodarlarimizni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi", — deyiladi varaqa matnida.

Rossiyalik va suriyalik harbiylar qurbonlar bo‘lishining oldini olish uchun sakkizta maxsus gumanitar yo‘laklarni tashkil etishdi, ular orqali tinch aholi va jangarilar Aleppo sharqidagi tumanlarni tark etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, terrorchilar Aleppo bo‘ylab zarba berishda davom etmoqda, ayniqsa, so‘nggi kunlarda hujum kuchaytirilgan. Harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, qurshovdan qochishga uringan jangarilar zaharli gazli bombalarni qo‘llaganlar. Buning natijasida, suriyalik harbiylar bilan bir qatorda tinch aholi ham zarar ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0