TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli milliy kutubxonada "O‘zbekistonning yetti mo‘’jizasi" tanlovi g‘oliblariga guvohnomalar topshirildi, deb xabar qilmoqda index.uz sahifasi.
Mehmonlar oldida UZINFOCOM markazi direktori G‘ayratxo‘ja Saydaliyev, Madaniyat va Sport vazirligi vakilari Tolibjon Mirzakulov va Giyosiddin Redjabovlar so‘zga chiqib, ushbu tanlov O‘zbekiston tarixiy, me’morchilik va tabiiy yodgorliklar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va ularni xalq orasida ommaviylashtirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston halq artisti va Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston davlat mukofoti laureati Sherali Jo‘ravning ishtirok etgani marosimga alohida ko‘rk bag‘ishladi va ishtirokchilar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan inshootlar rahbarlariga, ushbu obyektlar "O‘zbekiston yetti mo‘’jizasi" ro‘yxatiga kiritilgani haqida guvohnomalar topshirildi.
Meros.uz portali tomonidan tashkil qilingan loyiha koordinatori Zumrad Shadjalilova tadbir qanday bo‘lib o‘tgani va uning yakunlarini e’lon qildi:
1. Registon ansambli (Samarqand)
2. Saviskiy nomli san’at muzeyi (Nukus)
3. Toshkent teleminorasi (Toshkent)
4. Forumlar saroyi (Toshkent)
5. Ulug‘beka rasadxonasi (Samarqand)
6. Ichan-Qala (Xiva)
7. Go‘r-Amir maqbarasi (Samarqand)