Emomali Raxmon: Biz hech qachon, hech qanday sharoitda qo‘shni mamlakatlarni suvsiz qoldirmaymiz

© president.tjEmomali Rahmon
Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Tojikistonda Rog‘un GES qurilishi faol bosqichga o‘tdi, xususan, Vaxsh darosining oldi to‘silib uning yo‘nalishi o‘zgartirildi. GES quruvchilari oldida so‘zga chiqqan Emomali Rahmon ushbu inshoot butun O‘rta Osiyo aholisiga qanday foyda kelitirishi haqida gapirdi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik.  Kecha 29-oktabr kuni Tojikistonning Rog‘un shahrida Rog‘un GESi qurilishi o‘zining faol bosqichiga o‘tdi. Xususan, GES to‘g‘oni qurili munosabati bilan, Amudaryoning eng yirik irmoqlaridan biri bo‘lgan Vaxsh darosining oqimi o‘zgartilidi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

15 ming nafar GES quruvchilari oldida so‘zga chiqqan Emomali Rahmon quruvchi va muhandislarni ushbu ulkan loyihaning boshlanishi va Tojikiston mustaqilligining 25-yilliga bilan tabrikladi.

© president.tjRog‘un GESi quruvchilari
Stroiteli Rogunskogo GES slushayut vistuplenie Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GESi quruvchilari
Quyida Tojikiston prezidentining nutqidan parchalar keltirilgan. Matn rus tilidan tarjima qilindi.

Hammangizga ma’lumki Tojikistonda neft va gaz manbaalari yetarli emas, lekin bizning mamlakatda ulkan suv energetika imkoniyatlari bor. ular bizning milliy boyligimiz hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish – mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishi va eksport potensialini oshirish asosiga aylanishi mumkin. 

Xususan, “Shunday ulkan manbaalarga ega bo‘lishimizga qaramasdan, bizning mamlakat kuz-qish vaqtlarida elektr energiyasi yetimovchiligiga duch kelar, fuqarolar uchun muhim bo‘lgan maktab va shifoxonalar, sanoat korxonalari ishi to‘xtab qolar edi”, — dedi prezident.

Balandligi 335 metr bo‘lgan Rog‘un GESi to‘g‘oni dunyoda eng yirik tuproq –toshli to‘g‘on bo‘lib, u yerda 13 km3 suv jamlanadi. Bu quvvati 3600 megavatt bo‘lgan, hududda eng yirik elektr stansiyasi bo‘ladi.

© president.tjRog‘un GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GESi qurilishi
Texnik, muhandislik va moliyaviy jihatdan o‘ta murakkab bo‘lgan og‘un GESi alohida uslub va ketma-ketlik talab qiladi. Asosiysi bu bir yoki ikki yilda bitadigan ish emas.

18 yil davom etgan Nurek GESi qurilishi tajribasidan kelib chiqqan holda, bunday ulkan inshoot qurilishi, texnik jarayonlarni amalga oshirish va suv omborini to‘ldirish uchun birmuncha vaqt talab qiladi. (Shunisi ma’lumki, qurilish ishlaridan tashqari, faqat  Rog‘un GESining suv omborini to‘ldirish uchun 12-yil muddat kerak bo‘ladi.)

Rog‘un GESi qurilishi, o‘tkazilgan maslahatlar va texniq-iqtisodiy analiz natijasida  Italiyaning «Salini Impredjilo» kompaniyasiga, qurilish ustadan texnik nazorat olib borish esa Fransiyanig «Traktebel indjiring» kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi.

© president.tjRog‘un GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GESi qurilishi
Ulkan suv jamlash (13,3km3) va ulkan elektr quvvati (3600 mVt) ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan Rog‘un GESi, albatta, hudud gidroenergetika muammolarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Tojikiston darolarida energetika inshootlari qurilishi, avvalombor suv va energetika masalalari bo‘yicha barqaorlikka erishishga qaratilgan va yaqin kelajakda Amudaryoning quyi o‘zanida yuz berishi mumkin bo‘lgan suv tanqisligi va suv toshqinlari muammosini oldini olishning yagona usuli bo‘lishi mumkin.

Ushbu inshoot daryo oqimining quyi qismida joylashgan mamlakatlarda foydalanilayotgan yerlarni sug‘orish va yangi yerlarni o‘zlashtirish imkonini beradi.

© president.tjRog‘un GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GESi qurilishi
Jahon Banki muxtaxassilari va dunyoning obro‘li olimlari tomonidan o‘tkazilgan ekspertizalar yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi.

Hudud ehtiyojlarini har tomonlama o‘rganish va xalqaro ekspertiza o‘tkazish maqsadida biz 2007-yilda Jahon bankiga murojaat qilgan edik. Shundan buyon biz ushbu muhim loyiha borasidagi muzokara va tadqiqotlarga  yetti yil sarfladik.

Dunyoning yetakchi ekspertlari va ikkita maslahatchi korxona va ikki guruh mustaqil ekspertlar ushbu ishga jalb qilindi. O‘tkazilgan maslahatlar, ekspertiza va tadqiqotlar va hudud malakatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan maxsus kengashlar vositasida ekspertlar o‘z xulosasini ma’lum qildi.

Natijda, 2014-yilda texnik-iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik nuqtayi nazardan Rog‘un GESi qurilishiga asoslar borligi tasdiqlandi. 

© president.tjXalqaro ekspertlar Emomali Rahmon nutqini tinglamoqda
Mejdunarodnqe eksperti slushayut vistuplenie Emomali Raxmon na stroitelstve Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro ekspertlar Emomali Rahmon nutqini tinglamoqda
Bugungi kundagi iqlim o‘zgarishi va va uning oqibatlari, jumladan suv taqchilligi  bizning hududga yanada katta zarar yetkizayotgan sharoitda, gidroelektrostansiya qurilishi tabiiy energetika zahiralaridan foydalanishning oqilona va samrali, xavfsiz va  manfaatli yo‘li bo‘ladi.

Aynan yangi kichik va katta elektrostansiyalar qurilishi daroning pastki qismida yashayotgan mamlakatlarda nafaqat elektr tanqisligi, balkim yoz faslida suv tanqisligi muammosini ham hal qilishi mumkin.

Shuning uchun ham ushbu energetika dasturini amalga oshirish bilan biz o‘z manbaa va imkoniyatlarimizni butun O‘rta Osiyo aholisi xizmatiga yo‘llamoqchimiz, chunki davlatlar aro tarmoqlar orqali elektr energiyasi va suv ta’minotini amalga oshirish hududdagi barcha mamlakatlar manfaati uchun xizmat qiladi.

Tojikiston Mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab hududiy hamkorlikni birinchi o‘ringa qo‘yib kelmoqda, ayniqsa qo‘shni mamlakatlar bilan. Biz bunday hamkorlik barcha muammolarni hal qilishning yagona uslubi deb hisoblaymiz.

Ushbu munosabat bilan, yana bir marta takrorlab aytmoqchiman, biz gidroenergetika rejalarini amalga oshirishda, hududdagi mamlakatlar bilan samarali va o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdori.  

© president.tjRog‘un GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GESi qurilishi
Bunday munosabatda bo‘lish hayot talabi bo‘lib, bizga, kelajak avlodlar oldida, ulkan javobgarlikni yuklaydi.

Ushbu munosabat bilan, O‘rta Osiyo mamlakatlarining birodar xalqlariga murojaat qilib, tojik xalqi asrlar davomida o‘z qo‘shnilari bilan tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro tushunish va hamkorlik muhitida yashab kelganini aytib o‘tmoqchiman.

O‘z zimmamga yuklangan javobgarlik burchiga asosan to‘liq ishonch bilan shuni aytamanki — ajdodlarimiz an’analarini davom ettirgan holda, hech qachon, hech qanday sharoitda o‘z qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaslikka va’da beramiz.

Undan tashqari, biz mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda, O‘rta Osiyo mamlakatlarining barcha aholisini Saroz ko‘lidan toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga tayormiz. Ushbu ko‘l hududimiz aholisini asrlar davomida ichimlik suvi bilan ta’minlashi mumkin.   

Bugungi kunda biz qo‘shnilarimiz bilan, jumladan birodar O‘zbekiston bilan o‘zaro do‘stona qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatdik. Aynqsa suv, energetika, transport va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ishonchimiz komilki, ikki mamlakat orasidagi munosabatlarning barcha muhim masalalari o‘zaro hamkorlik va xalqlarimiz ravnaqi yo‘lida hal qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0