Jon Kerrining o‘rinbosari Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi

© Novosti UzbekistanaIslom Karimov xotirasiga ba-ishlangan ko‘rgazma
Islom Karimov xotirasiga ba-ishlangan ko‘rgazma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Tomas Shennon tashrif davomida O‘zbekistondagi yuqori martabali shaxslar bilan uchrashishni rejalashtirgan. Aynan kimlar bilan uchrashishi esa hozircha ma’lum qilinmayapti. Shennon, poytaxt bilan cheklanib qolmay, Samarqand shahrini ham ziyorat qiladi

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Tomas Shennon 24-29 oktabr kunlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga safar uyushtiradi, deb xabar qilingan AQSh Davlat departamenti axborotida.

S5+1 formatida Samarqandda uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Kerri va O‘rta Osiyo mamlakatlari "S5+1" hamkorligini ma’qullashdi
Xabarda ta’kidlanishicha, bu Shennonning Markaziy Osiyoga ilk safaridir. Ma’lum qilinishicha, oliy martabali diplomat Markaziyo Osiyo davlatlari mustaqilligining 25-yilligini nishonlaydi, shuningdek, Markaziy Osiyoning beshta mamlakatini o‘z ichiga oluvchi "S5+1" guruhi bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.

AQSh Davlat kotibi Tomas Shennon tashrif davomida O‘zbekistondagi yuqori martabali shaxslar bilan uchrashishni rejalashtirgan. Aynan kimlar bilan uchrashishi esa hozircha ma’lum qilinmayapti. Shennon, poytaxt bilan cheklanib qolmay, balki Samarqand shahriga ham safar qiladi. Shennon Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0