Rossiya va O‘zbekiston Ombudsmenlari fuqarolarni birgalikda qabul qiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishTatyana Moskalkova
Tatyana Moskalkova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori Akmal Saidov ham ishtirok etdi

 

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova o‘zbekistonlik hamkasbi Ulug‘bek Muhammadiyev bilan uchrashuvida fuqarolarni videoaloqa orqali birgalikda qabul qilish hamda xalqaro hamkorlik dasturlari bo‘yicha faoliyatni kuchaytirishga kelishib oldi.

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori Akmal Saidov ham ishtirok etdi.

"Fuqarolarni videoaloqa orqali birgalikda qabul qilishni tashkillashtirishga hamda xalqaro hamkorlik dasturlari bo‘yicha ishlarni faollashtirishga qaror qildik", — deb yozadi Moskalkova Instagramdagi sahifasida.

Toshkentda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forum o‘tkaziladi

Tomonlar shuningdek, inson huquqlari institutlarini rivojlantirish sohasidagi qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish va amalga oshirish haqidagi kelishuvni qayta tuzishga kelishib olishdi. Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilayotgan kelishuvda Rossiya va O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlik qilishni va qonun buzilish holatlarida tomonlar bir-birlarini o‘z vaqtida xabardor qilishlarini ko‘zda tutadi.

Shu bilan birga kelishuvga xalqaro ombudsmen institutlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishda o‘zaro hamkorlik qilish ham kiritilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0