Alkogol sotishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish mumkin

© Sputnik / Dinara NikiforovaVino
Vino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu xizmatdan umumiy ovqatlanish korxonalari bor yuridik shaxslar foydalanishi mumkin

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahar tuman Hokimiyatlarining yangi xizmati "Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini olishga" ariza taqdim etish imkoniyatini beradi, deb xabar qiladi uz24.uz nashri.

Alkogol magazini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar sotish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
"Ushbu xizmatdan umumiy ovqatlanish korxonalari bor yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. "Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2012-yil 28-martdagi №89 son qaroriga asosan ruxsat guvohnomasini berish uchun belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi", — deyilgan xabarda.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini olish to‘g‘risida arizachini xabardor qilish ushbu xizmatning natijasi hisoblanadi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati 15 kun.

Yangiliklar lentasi
0