Pokistonda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaIslom Karimov - O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti
Islom Karimov - O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konferensiya davomida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi

TOShKENT. 18 okt – Sputnik. Pokistonning Islomobod shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma’lum qilmoqda. Tadbir O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi tomonidan Pokiston tinchlik va diplomatiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Pokiston Milliy Assambleyasi deputatlari, vazirlik va muassasalar, ijtimoiy-siyosiy va ekspertlar guruhlari, ushbu mamlakatda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpuslar vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi. Konferensiya davomida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi hamda O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari haqida videofilm namoyish qilindi.

Pokiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi sobiq elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Vohid ul Hasan o‘z chiqishida o‘zbek xalqi nafaqat Prezidenti, balki o‘zbek millatining asoschi-otasi, Pokiston esa ishonchli do‘stidan judo bo‘lganligini ta’kidladi.

U Toshkentda faoliyat olib borgan yillarini, shuningdek Islom Karimov bilan uchrashuvini iliq taassurot bilan yodga oldi. O‘zbekistonda ishlash davomida u Islom Karimovning shaxsiy tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan va mamlakatda amalga oshirilgan keng miqyosdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga shaxsan guvoh bo‘lganligini qayd etdi.

O‘zbekistonning birinchi  Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
The Japan Times: Islom Karimov - o‘zbek xalqining buyuk farzandi

V.Hasanning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning butun jahon tomonidan tan olingan iqtisodiy va siyosiy yutuqlari o‘zbek taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri va samarali ekanligining yorqin isbotidir.

U Islomobod O‘zbekiston bilan hamkorlikka alohida ahamiyat qaratishini va Toshkentni mintaqadagi ishonchli sherik sifatida ko‘rishini hamda o‘zaro manfaatga ega bo‘lgan keng miqyosdagi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik davom etishini bildirdi.

Vohid ul Hasan so‘zi yakunida Pokiston hukumati nomidan Birinchi Prezidentning oilasiga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga yana bir bor ta’ziya izhor etdi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan Pokiston Milliy Assambleyasi deputati G‘us Baxsh Mohir o‘z navbatida Pokiston va O‘zbekistonni ikki tomonlama hamkorlik va savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga asos bo‘luvchi chuqur tarixiy va madaniy ildizlar bog‘lab turishini ta’kidladi.

G‘.Mohir O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti faoliyatiga, ayniqsa mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatining mustahkamlanishi uchun amalga oshirgan ishlariga yuqori baho berdi. Uning fikricha, Islom Karimov rahnamoligida olib borilgan samarali ichki va tashqi siyosat O‘zbekistonni jahonning jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoriga olib chiqdi. Deputat O‘zbekistonga har safar tashrif buyurganida ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishini bildirdi. "Islom Karimovning O‘zbekistonning gullab-yashnashi, tinchlikning mustahkamlanishi va taraqqiyotga erishishidagi bebaho hissasi barchaning qalbida abadiy saqlanib qoladi. Uning o‘z xalqi farovonligini yuksaltirish uchun qilgan muntazam sa’y-harakatlari chuqur hurmatga loyiq", — deya ta’kidladi u.

Yangiliklar lentasi
0