TOShKENT, 13 okt – Sputnik. AQSh harbiy kuchlari Yamandagi uch radiolokatsiya stansiyasiga zarba berdi, dedi Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk, RIA Novosti xabariga asosan.
“Mahalliy vaqt bilan erta tongda AQSh harbiylari Yamanda, Qizil dengiz qirg‘og‘ida joylashgan, xusiylar nazorati ostida bo‘lgan uch radarga zarba berdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda radarlar yo‘q qilngan”, — deyilgan bayonotda.
Kukning so‘zlariga qaraganda, AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter va harbiy kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Jozef Danford maslahatiga ko‘ra Barak Obama zarba berishga buyuruq bergan.
Kukning so‘zlariga qaraganda, ushbu radiolokatsya stansiyalaridan yaqinda Qizil dengizda Mason AQSh harbiy kemasi o‘qqa tutilishida foydalanilgan. Pentagon vakili AQSh ushbu hujumni “o‘z harbiy kemalari va ularning ekipajini himoya qilish uchun” amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Qizil dengizda AQSh harbiy kemasi o‘qqa tutilgan edi.O‘shanda Yaman xusiylari ularning bunga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan edi.