O‘zbekistonda xostellarga oid qonun tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishXostel
Xostel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Toshkent, Samarqand va Buxoroda xostellar faoliyat ko‘rsatmoqda, lekin bu turizmni rivojlantirish uchun juda oz

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekistonda mamlakat mehmonxona biznesidagi yangi yo‘nalish – xostellarni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik bazasi tayyorlanmoqda, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zbekturizm"dagi manba.

Uning aytishicha, hozirda tegishli qonun hujjatlarining yo‘qligi bois respublikada talab kuchli bo‘lgan ushbu yo‘nalishning rivojlanishi oqsamoqda.

"Bugungi kunda Toshkentdagi xostellar oldindan mavjud bo‘lgan binolarda joylashgan, ularning egalari yangi obyektlar qurishmaydi, aksariyat hollarda sobiq umumiy yotoqxonalardan foydalanishadi. Odatda, inshootning bir qismidangina foydalaniladi, zero xostel bu kichik xonalardan iborat arzon mehmonxonadir", — deydi manba.

Ko‘p qavatli uylarda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi hukumat qarori mavjud bo‘lib, bu ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, bunday uylarda tadbirkorlik qilish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida mehmonxona xizmatlari yo‘q.

“O‘zbekturizm” sayyohlikni rivojlantirishga doir hududlar ro‘yxatini tuzdi

"Hozirda ushbu ro‘yxatni kengaytirish va unga mehmonxona faoliyatini ham kiritish borasida qizg‘in muhokama ketmoqda. Lekin bu qonunchilikda yana bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, ko‘p qavatli uyning bir qismida xostel tashkil qilinishi ushbu uyda yashovchi boshqa insonlarning tinchini buzishi, ularga xalal berishi mumkin. Bu esa Fuqarolik kodeksi orqali hal bo‘ladigan muammodir. Umuman olganda, buni qanday amalga oshirishni, xostellarga nisbatan qanday talablar bo‘lishini muhokama qilmoqdamiz", — dedi suhbatdosh.

Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan 15 xostel hozirda o‘zining aniq mijozlariga ega. Suhbatdoshning aytishicha, Chilonzor tumanidagi xostellar mamlakatning janubiy hududlaridan kelgan mehmonlarni qabul qilsa, Toshkent tibbiyot instituti atrofidagi xostellar qozog‘istonliklar va Toshkentga davolanishga kelganlarni qabul qiladi.

Bunga o‘xshagan xostellar Samarqand va Buxoroda ham bor, lekin ular boshqacharoq asosda faoliyat olib borishadi, ular xususiy xonadonlarda joylashgan, deydi ekspert.

"Asosiysi, qonunchilikni tartibga solish, huquqiy baza yaratish lozim, shundagina xostellar jadal rivojlanadi, shuning uchun biz bu masalani davlatning boshqa tizimlari bilan hal qilishga harakat qilmoqdamiz", — dedi manba.

Uning fikricha, xostellar tizimini rivojlantirish ichki turizm salohiyatini oshiradi va "O‘zbekturizm" ushbu yo‘nalishni faol targ‘ib qilishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0