Peskov Putinning yordamchisi lavozimini egallashi mumkin

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishRossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov
Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi etib tayinlanishi mumkin

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Peskov Putinning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi lavozimini egallashi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti prezident ma’muriyati vakillariga tayangan holda.

Putinning amaldagi yordamchisi Yuriy Ushakov mart oyida 70 yoshni qarshi oladi. Nashr xabariga ko‘ra, shundan so‘ng u prezident ma’muriyatini tark etishni rejalashtirgan. "Ehtimol u Yevropa mamlakatlarining biriga Elchi etib tayinlanar", — deb taxmin qilgan suhbatdosh.

"Ria Novosti" nashrining xabariga ko‘ra, Ushakovning iste’fosi haqidagi masala keyingi yilning mart oyiga qadar, ya’ni diplomat 70 yoshni qarshi olgunga qadar hal bo‘lishi ham mumkin. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Ushakov o‘z vazifasini yaxshi uddalagan, Putin undan hech qachon norozi bo‘lmagan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Rosreyestr rahbari Igor Vasilyev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ommaviy kadrlar o‘zgarishi: Putin nima sababdan 14 rahbarni lavozimidan bo‘shatdi?
Nashrda ta’kidlanishicha, bu lavozimga hozircha Peskovdan tashqari ham da’vogarlar mo‘l.

"Rossiyaning Xitoydagi Elchisi Andrey Denisov va bir qator IIV xodimlari masalan bu lavozimga da’vogarlik qilib turishibdi", — deb aniqlik kiritgan vakil.

"Bu o‘ta muhim lavozimlardan biri bo‘lgani uchun nomzodlar sinchiklab tanlab olinadi", — deya ta’kidlangan nashrda.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Peskov 2012-yilning may oyidan buyon Putinning matbuot-kotibi vazifasida faoliyat yuritib keladi. Unga qadar Peskov to‘rt yil davomida hukumat raisi matbuot-kotibi vazifasida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0