O‘zbekistonda amnistiya e’lon qilindi

© Sputnik / Aleksandr Solodkov / Mediabankka o‘tishVaqtincha hibsda saqlash joyidan ozod qilingan erkak o‘g‘lini bag‘riga bosmoqda
Vaqtincha hibsda saqlash joyidan ozod qilingan erkak o‘g‘lini bag‘riga bosmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan, jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan, jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan, muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyatlar sodir etganlarga amnistiya joriy etilmaydi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24-yilligi munosabati bilan amnistiyani qo‘llash to‘g‘risidagi aktni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev amnistiya masalalari borasida parlamentga taqdimnoma kiritdi
Tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis yuqori palatasi (Senati)ga amnistiya masalasi yuzasidan taqdimnoma kiritganidan so‘ng qabul qilindi.

Senatning qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Tolibjon Madumarov Amnistiya to‘g‘risidagi qaror loyihasi va uni qo‘llash tartibiga oid hujjatni senatorlar muhokamasiga taqdim etdi.

Shunday qilib, senatorlar tomonidan tasdiqlangan Amnistiya aktiga muvofiq, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtida 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, 60 yoshdan katta erkaklar, xorijiy davlatlar fuqarolari, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, sil kasalligining faol ko‘rinishi bilan xastalanganlar afv etiladi.

Bundan tashqari, ehtiyotsizlik natijasida jinoyat sodir etgan, shuningdek, jamiyat xavfsizligiga jiddiy rahna solmaydigan jinoyatni qasddan sodir etgani uchun birinchi marta sudlanganlar va jazoni o‘tash muddatiga 3-yildan kam vaqt qolganlar ozodlikka chiqariladi.

Qasddan jinoyat sodir etganligi uchun 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va amnistiya akti bo‘yicha ozodlikka chiqarilmaydigan shaxslarning qolgan muddati uchdan birga, 10-yildan ko‘proqqa mahkum etilganlarning qolgan jazo muddati to‘rtdan birga qisqartiriladi.

Shu bilan birga, taqiqlangan tashkilotlardagi ishtiroki uchun, yoki ularning tarkibida tinchlik va xavfsizlikka yoxud jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun ilk bor ozodlikdan mahrum etilgan va qarashini jiddiy o‘zgartirib, axloqiy tuzalish yo‘liga kirgan shaxslar ham jazoni o‘tashdan ozod etiladi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston rahbari "Qadr kechasi" sharafiga 612 kishini avf etdi
Amnistiya aktida, uning bandlari qo‘llanilmaydigan holatlarga ham oydinlik kiritilgan. Xususan, uzoq muddat yoki umrbod qamoq jazosiga mahkum etilganlar, taqiqlangan tashkilotda faoliyat yuritib, uning tarkibida tinchlik va xavfsizlikka yoxud jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etgan, jinoiy guruhlarda o‘ta xavfli jinoyatlarni sodir etgan va o‘ta xavfli retsidivistlar deya tan olingan hamda jazoni o‘tash tartibini doimiy buzib kelgan, shuningdek, amnistiya yoki afv qilish bilan ozodlikka chiqarilgandan keyin ham qasddan jinoyat sodir etganlarga nisbatan mazkur amnistiya akti qo‘llanilmaydi.

Hujjatda qayd etilishicha, amnistiya qarori faqat sud hukmi bo‘yicha ijro etiladi.

Ushbu amnistiya akti Senat qabul qilgan kundan boshlab 3 oy muddatda amalga oshiriladi. 

Avf etilganlarning aniq soni sal kechroq ma’lum bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0