O‘zbekistonda 2020-yilga kelib paxtani qo‘lda terish 30%ga qisqaradi

© AFP 2023Paxta terimchilari
Paxta terimchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘l mehnatirobotlashtirilgan texnologiyalar joriy etilishi hisobiga qisqarishi kutilmoqda. Ushbu soha uchun jami 60 dan ziyod maxsus mexanizmlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston paxtachilik va umuman qishloq xo‘jaligi sohasida resurslarni tejaydigan texnologiya va universal mashinalar tizimini joriy etish orqali 2020-yilga kelib qo‘l mehnatini 30%ga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Toshkentda bugun ochilgan XII xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasida namoyish etilayotgan materiallarni ko‘zdan kechirib xuddi ana shunday xulosaga kelish mumkin.

Paxta terimchilari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda paxta terishga majbur etilayotganlar uchun "ishonch telefoni" tashkil qilindi
Shu bilan birga, mamlakat suv resurslarini bugungi kundagi ko‘rsatkichlarga nisbatan — 15-20%ga, urug‘lar xarajatining kamaytirilishini — 30-35%ga, yoqilg‘i va moylash materiallarini esa — 20-25%ga tejash rejalashtirilmoqda. O‘z navbatida bu qishloq xo‘jaligi mahsuloti tan narxi pasayishiga hamda fermerlar daromadi darajasi oshishiga xizmat qilishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda 2012-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida Davlat dasturi qabul qilingan edi. Hujjat qo‘l mehnati ulushini qisqartirishni hamda mexanizatsiya hamda innovatsiyaga oid texnologiyalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutardi.

Jumladan, dasturda 60 turdan ziyod yangi texnikalarni tashkillashtirish rejalashtirilgan edi.

E’tiborlisi, respublikada paxtaning aksariyat navlari mashinada terishga moslashgan. Bunday seleksiya maydonlari yiliga ko‘paymoqda, va yaqin istiqbolda ularning hamjmi 1 million gektarga yetkazilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston qishloh va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib paxta hosilining 80% paxta terish mashinalarida yig‘ib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0