Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefonlashdi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaNursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi
Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari turli darajadagi amaliy tashriflarining yakunlariga, ustuvor yo‘nalishlarda muhim tijorat shartnomalari tuzilganiga yuqori baho berishdi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. 2016-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Nazarboyev o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Davlat rahbarlari yaqinda oliy darajada o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama etishgandi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari turli darajadagi amaliy tashriflarining yakunlariga, ustuvor yo‘nalishlarda muhim tijorat shartnomalari tuzilganiga yuqori baho berishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash to‘g‘risida kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0