O‘zbekiston "Oltinga boy davlatlar ro‘yxati"ga kiritilmadi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishOltin ishlab chiqarilishi
Oltin ishlab chiqarilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Oltinga boy davlatlar ro‘yxati"da Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 21 o‘rinni, Afg‘oniston 60-pog‘onani, Qirg‘iziston esa 83 pozitsiyani egalladi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Dunyodagi oltinga boy davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Amerika Qo‘shma Shtatlari egallagan, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Ro‘yxatdan jami 100 davlat va tashkilotlar o‘rin olgan.

Oltin zahiralari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston uch yoqlama profitsit evaziga oltin zahiralari hajmini oshirdi
Markaziy Osiyo mintaqasida oltinga boy mamlakat sifatida Qozog‘iston tan olingan (21-o‘rin), Afg‘oniston ro‘yxatning 60-pog‘onasini zabt etgan bo‘lsa, qo‘shni Tojikiston o‘zining 12,3 tonna oltini bilan 67-o‘rinda joylashishga muvaffaq bo‘lgan.

Qirg‘iziston ro‘yxatda 83-o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston va Turkmaniston ro‘yxatda ko‘rsatilmagan, deb yozadi nashr.

Ro‘yxatga sakkiz ming tonna oltinga ega Qo‘shma Shtatlar yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni — 3,3 ming tonna oltin zaxirasiga ega Germaniya egallagan. Uchinchi o‘rin esa Xalqaro Valyuta fondiga ajratilgan. Unldan keyingi o‘rinlarda Italiya va Fransiya kelmoqda.

Rossiya Federatsiyasi 1,5 ming tonna oltini bilan ro‘yxatning 7-pog‘onasida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0