Obid Asomovning katta sahnaga qaytishi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova va Obid Asomovlarning katta sahnaga qaytishlari haqida xabar bergandik

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston bir necha kun ilgari tez orada taniqli san’atkorlar Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova va Obid Asomovlarning katta sahnaga qaytishlari haqida xabar bergandi.

Muxlis Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘ini tinglamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Hofiz Sherali Jo‘rayev katta sahnaga qaytapti

nuz.uzning shok.uz saytiga tayanib xabar berishicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov hozircha yangi chiqishlarni rejalashtirmayotganini yozgan.

Muxbirlar bilan suhbatda Obid Asomov bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumotga ega emasligini aytgan. Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ushbu yangilikni “O‘zbeknavo” vakillari ham inkor etishib, yuqorida nomlari ko‘rsatilgan san’atkorlar konsert o‘tkazish uchun litsenziya so‘rab murojaat qilishmaganini bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0