OAV: Ramzan Qodirovning qarorgohiga fitnachilar bomba joylashtirdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishChecheniston rahbari Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suiqasdchilar tomonidan o‘z qarorgohiga portlovchi modda joylashtirilgani haqidagi xabarni Checheniston rahbari yumor ila qarshi oldi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Checheniston rahbari o‘ziga suiqasd uyushtirilayotgani haqidagi mish-mishlarni kinoya ila qarshi oldi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Ilgariroq OAVlarda Ramzan Qodirov tez-tez qadamranjida qiladigan qarorgohlardan birida fitnachilar tomonidan portlovchi modda joylashtirilgani haqida ma’lumot chop etilgan edi. "Kuch xodimlari Benoy qishlog‘ida tayyorlangan suiqasdni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldilar", — deyilgan edi xabarda.

Ushbu yangilik chop etilgach, ushbu borada izoh qoldirayotganlar orasida kadyrov_95 akkaunti ostida "maqola qahramoni"ning o‘zi ham paydo bo‘lgan va "nega bundan men bexabarman?" deya savol tashlagan.

Checheniston rahbari Rossiya prezidenti bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Putinga axborot berdi
Eslatib o‘tamiz, sal oldin Checheniston rahbarining matbuot-kotibi Alvi Karimov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida suiqasd uyushtirishga urinish haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va "yuz foiz uydirmaligi"ni aytib, Checheniston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari "bunday holatlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi va ularning oldini olishga qodir"ligi haqida ma’lum qilgan edi.

Ramzan Qodirov 2007-yilning fevral oyidan buyon Chechenistonga rahbarlik qilib keladi. Joriy yilning 18-sentabr kuni u qayta saylandi. Qodirov uchun mamlakatning 98% aholisi ovoz bergan.

Yangiliklar lentasi
0