TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Sal oldin bir qator tashkilotlar 30-sentabr kuni juma namozini ado etish bilan bir qatorda norozilik aksiyalarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi matbuot-kotibi Yuriy Melnikning RIA Novostiga bergan xabariga ko‘ra, muassasa AQShda istiqomat qilayotgan rossiyaliklarni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalar haqida ogohlantirgan.
"Biz Rossiya fuqarolarini odamlar gavjum bo‘ladigan joylardan saqlanishni, hushor bo‘lishni va TIV tavsiyalariga amal qilishga chaqiramiz", — deb aytgan Melnik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat radikal islomchilarning qahr va g‘azabini qo‘zg‘atgan. Gap shundaki, yaqinda Suriya armiyasi Aleppoda harbiy operatsiyani boshlaganini e’lon qilgan edi. Ayni vaqtda Suriya hukumati qo‘shinlari shaharning teng yarmini nazorat qilmoqda, ammo Alepponing sharqiy qismi avvalgidek terrorchilar qo‘lida qolyapti.