TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan o‘tkazgan telefon suhbatida Amerika davlat departamenti vakili Kirbining eng so‘nggi ta’kididan keskin noroziligini bildirdi, deb xabar qilgan RIA Novostiga Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov.
Rabkovning aytishicha, Lavrov Jon Kerriga o‘zining noroziligini bildirar ekan "G‘arb tomonidan so‘nggi vaqtlarda rosa "shishirilayotgan" Suriya mojarosi mavzusi va bunda surbetlarcha Moskva rasmiylarini javobgar qilishga urinish diplomatiya chegarasidan chiqib ketayotgan holatdir. Shu tufayli Vashington tomonga ig‘vogarlik masalasida ayrim savollar tug‘ilayotgani" haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi agar Suriyada fuqarolar urushi davom etsa, terrorchilar Rossiya manfaatlari va shaharlari bo‘ylab zarba berishlarini, rasmiy Kreml esa "o‘z harbiylarini uylariga qoplarda yuborishda davom etishi va Moskva o‘z samolyotlaridan ham mahrum bo‘lishi" haqida gapirgan edi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kirbining ushbu ta’kidiga "diplomatga xos bo‘lmagan cho‘rtkesarlik" deya izoh berdi.