O‘zbekiston va AQSh diniy erkinlik masalalarini muhokama qildi

© MARY ALTAFFER / POOL / AFPAbdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, muloqot chog‘ida diniy erkinlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov diniy erkinlik sohasida AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Devid Sapershteyn bilan uchrashdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati tomonidan xabar qilinmoqda.

BMT Bosh  Assambleyasining Nyu-Yorkdagi zali - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qiladi

“2016 yilning 21-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov diniy erkinlik sohasida AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Devid Sapershteyn bilan uchrashdi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, muloqot chog‘ida diniy erkinlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

“Uchrashuvda tomonlar konstruktiv va o‘zaro hamjihatlik ruhida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar”, deb yakunlanadi matbuot xizmati xabari.

Yangiliklar lentasi
0