KXDR navbatdagi yadro sinoviga tayyorlanmoqda

© AFP 2023KXDRdagi raketa sinovi
KXDRdagi raketa sinovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya harbiylarining fikricha, navbatdagi sinov ikkinchi yoki uchinchi tunnelda o‘tkazilishi mumkin.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Shimoliy Koreyadagi poligonda faollikning kuchayishi yaqin orada yana bir yerosti yadro sinovi o‘tkazilishidan darak beradi, deb xabar beradi RIA Novosti Renxap agentligiga asoslanib.

Agentlikka ma’lumot bergan Janubiy koreyalik harbiylarning aytishlaricha, yangi yadroviy sinov yoki uzoq masofaga mo‘ljallangan raketaning uchirilishi 10-oktabrda, Koreya mehnat partiyasi tashkil etilganligining 68-yilligi nishonlanadigan kunda amalga oshirilishi mumkin.

"Beshinchi yadro sinovini yashirish uchun ko‘tarilgan niqob gumbazi haligacha tushirilmadi. Buning ustiga, oltinchi yadro sinovi o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi tunnel ustiga ulkan parda tortilgan", — deya iqtibos keltiradi agentlik nomini oshkor etishni istamagan harbiydan.

BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
BMT 9-sentabr kuni kechqurun Shimoliy Koreya bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Beshinchi yadro sinovi Pxungeri poligonida o‘tkazilgandi. Janubiy Koreya harbiylarining fikricha, navbatdagi sinov ikkinchi yoki uchinchi tunnelda o‘tkazilishi mumkin.

Shimoliy Koreya 9-sentabr kuni navbatdagi yadro sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani va o‘z raketalari uchun yadroviy kallaklarga ega ekanligini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmaning quvvati 10 kilotonnaga teng bo‘lgan. Mazkur sinov KXDR tarixidagi eng yirik yadroviy sinov deb baholanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0