BMT Bosh Assambleyasida Obama O‘zbekiston bilan bog‘liq xato haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
1991 yildan so‘ng amerikaliklar sobiq Sovet Ittifoqini qayta tiklash imkonini bermaydigan bir nechta bloklash tuzilmalarini tashkil etishga qaror qilganlar. Bular qatoriga Ukraina, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Gruziya va ular umid qilganidek, O‘zbekiston kirishi kerak bo‘lgan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama seshanba kuni BMT Bosh Assambleyasida chiqishi vaqtida ikkinchi prezidentlik muddatida yo‘l qo‘ygan xatolarga ishora qilib o‘tgan, deb fikr bildirmoqda MDU jahon siyosati fakulteti dotsenti Aleksey Fenenko.

BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilar ekan, Barak Obama Rossiyaning o‘tmishdagi salobatni kuch bilan qaytarishga urinayotganini zamonaviy dunyo muammolaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tgan. Shu bilan birga, u Rossiyani qo‘shni davlatlar ishlariga aralashmaslikka chaqirib, bu holat "uning chegaralarini xavfga ro‘baro qilishi mumkinligi" haqida ta’kidlagan.

"Umuman olganda, BMTda chiqish qilar ekan, Obama ikkinchi prezidentlik davrida boshidan kechirgan o‘z muvaffaqiyatsizliklarini sanab o‘tdi. Birinchi omadsizligi — Rossiyani u bilan chegaradosh mamlakatlar hududida jilovlab turishga urinishi ish bermadi. Ikkinchi omadsizligi — SSSR barham topganidan so‘ng Rossiya 1991-yil natijalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligidan xavfsirashi bo‘ldi. Umuman olganda, Obama bizga birorta yangi gap aytgani yo‘q", — dedi Fenenko RIA Novosti nashriga.

Fenenkoga ko‘ra, "xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, amerikaliklar Qrim va Donbass voqealaridan so‘ng Rossiyani "qamalga olish" konsepsiyasi barbod bo‘lishidan juda ham havotirlanishmoqda".

Putinning Qirg‘izistonga tashrifi, ikkinchi kun - Sputnik O‘zbekiston
Putin: AQSh o‘z manfaati yo‘lida Rossiyani "yovuzlik imperiyasi" sifatida ko‘rsatishga urinyapti
1991 yildan so‘ng amerikaliklar sobiq Sovet Ittifoqini qayta tiklash imkonini bermaydigan bir nechta bloklash tuzilmalarini tashkil etishga qaror qilganlar. Bular qatoriga Ukraina, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Gruziya va ular umid qilganidek, O‘zbekiston kirishi kerak bo‘lgan. Endilikda, Qrim bilan bog‘liq voqealardan keyin amerikaliklar Rossiya bu "jilovlab turish" ustunlarini qaytadan ko‘rib chiqishni xohlab qolishidan juda qo‘rqishmoqda", — deb ta’kidladi ekspert.

Obamaning BMT Bosh Assambleyasidagi yadroviy qurolni qisqartish haqidagi da’vatlariga izoh berar ekan, Fenenko, bularning barchasi amerikancha konsepsiyaga juda mos, ya’ni "quyilib" tushishini aytib o‘tdi. "Ular, Qo‘shma shtatlardan tashqari barcha davlatlar o‘z yadroviy arsenallarini qisqartirishlarini juda ham xohladilar", — xotima qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0