O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ishtirok etadigan 21 mln dan ko‘proq saylovchi qayd etildi

© Sputnik / Kostis Ntantamis / Mediabankka o‘tishSaylovchilar
Saylovchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 4-dekabrda o‘tadigan prezident saylovlariga 21,4 mln dan ko‘proq saylovchi qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov qo‘mitasi bergan ma’lumotlarda keltirilgan.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. "Saylov okruglarining ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilarning umumiy soni 21,435 mln kishini tashkil qildi", deyilgan xabarda.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga 14ta saylov okruglari tashkil qilindi
2015 yilda o‘tgan avvalgi prezident saylovlarida  20,798 mlndan ko‘proq saylovchi qayd qilingandi.

Markaziy saylov qo‘mitasi 15-sentabrda saylov okruglari va ulardagi saylovchilar soni hamda okrug saylov komissiyalari joylashgan joylar haqidagi ro‘yxatni ma’lum qildi.  

Avvalroq Markaziy saylov qo‘mitasi prezident saylovlariga 14 ta saylov okrugi tashkil etilganini tasdiqlagandi.

Saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarida tashkil etilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, saylov uchastkalari ovoz berishdan kamida 2 oy oldin tashkil etilishi lozim. Ovoz berishda fuqarolar  18 yoshdan ishtirok etishi mumkin. Ovoz berishda sud tomonidan layoqatsiz deb tan olingan va qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslar ishtirok eta olmaydi.

1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 31,807 mln kishini tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0