TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Respublikaning Birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti bilan bog‘liq asossiz mish-mishlar tarqalishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirdilar, deya xabar qildi respublika IIB vakili.
"Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar, internet-messenjerlar va internet-telefoniya servislarida tarqatilgan yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash va ularning oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda", — deya izoh berdi agentlikka suhbatdosh.
Manbaga ko‘ra, gap ijtimoiy tarmoqlar orqali Islom Karimovning vafoti sanasi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar hamda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti vafotidan keyin mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyat yomonlashadi deya aholi o‘rtasida vahima yoyganlar haqida bormoqda.