O‘zbekiston chegarada ushlangan qirg‘izistonliklarni qo‘yib yubordi

Chegarachi
Chegarachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasidagi bahsli Ungar-Too tog‘idagi qirg‘iz teletranslyatsiya stansiyasining to‘rt nafar xodimi 22-avgust kuni ushlangan edi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumati avgust oyida bahsli hududda qo‘lga olingan “Kerben” qirg‘iz radiorele stansiyasining to‘rt nafar xodimini qo‘yib yubordi, deb xabar berdi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasidagi bahsli Ungar-Too tog‘idagi qirg‘iz teletranslyatsiya stansiyasining to‘rt nafar xodimi 22-avgust kuni ushlangan edi. Ular O‘zbekistonning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi IIBda ushlab turilgan.

Kpp - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tgan qirg‘izistonliklar ushlandi

Chegarachilarning ma’lum qilishlaricha, 8-sentabr kuni Jalolobod viloyatining Ola-Buqa tumanidagi Baymak aholi maskanida Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegara xizmati va huquqni saqlash organlari vakillaridan iborat delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

"Muzokaralar natijasida ilgari Ungar-Tooda ushlangan Qirg‘iziston fuqarolari qirg‘iz tomoniga topshirildi", — deyiladi xabarda. Ayni paytda ular o‘z oilalariga qaytdi.

Qirg‘iz OAV jurnalistlarining tekshiruvlariga ko‘ra 2006-yilda prezident Kurmanbek Bakiyev davrida qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi Ungar-Too tog‘idagi bahsli hudud o‘zbeklarga tegishli ekanligi haqida hujjat imzolangan. Ungar-Tooning umumiy maydoni 45 gektarga teng. 2013-yilda O‘zbekiston Ungar-Tooda o‘z chegara postini o‘rnatishga uringani chegara atrofida nizo keltirib chiqargandi. O‘shanda tomonlar tinch kelishuv yo‘lini tanlashgan va “Kerben” radiorele stansiyasi o‘z ishini davom ettirgandi.

Yangiliklar lentasi
0