TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
Prezident Islom Karimov mustaqil siyosiy yo‘nalishga rioya etgani holda o‘z xalqi yo‘lini yoritib bordi. Uning oqilona va uzoqni ko‘zlagan rahbarligi ostida mamlakat hayotining barcha sohalarida O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Uning respublika taraqqiyoti va farovonligiga qo‘shgan hissasi mamlakat fuqarolarining qalblarida alohida o‘rin egallagan.
1992 yil iyun oyida Islom Karimov bilan birinchi marotaba uchrashganimdan buyon men unga ishonchli sherikka qaragandek munosabatda bo‘ldim. Uning hayotdan ko‘z yumishi bilan Pokiston o‘zining buyuk va samimiy do‘stini yo‘qotdi.
Yaratgan uning ruhini shod etsin, bu yo‘qotishning boshdan o‘tishida marhumning oilasiga hamda o‘zbek xalqiga sabr va bardosh bersin".