G‘oliblar qaytishi: Toshkent olimpiadachilarni kutib oldi

© "Voditeli Tashkenta"O‘zbek sportchilari Riodagi Olimpiadadan qaytishmoqda
O‘zbek sportchilari Riodagi Olimpiadadan qaytishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek sportchilari mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli Olimpiadadan qaytishdi. Toshkent sportchilarni go‘yoki haqiqiy qahramonlarni kutib olgandek qarshiladi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarini qayd etgan O‘zbekiston sportchilari Toshkentga qaytib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarni milliy bayroqlarni ko‘tarib olgan minglab odamlar o‘z qahramonlarini kutib olish uchun to‘planishdi deb xabar qiladi "Voditeli Tashkenta" guruhi.

"Rio Olimpiadasida qatnashgan o‘zbek delegatsiyasini aeroportning o‘zi kutib olishdi. Shu kuni kun davomida odamlar ijtimoiy tarmoqlarda shahar aholisini ajoyib natija bilan qaytayotgan olimpiadachilarni kutib olishga chaqirishgan edi", — deyiladi xabarda.

Olimpiadachilarni ularga va’da qilingan pul mukofotidan tashqari yap-yangi Malibu avtomobillari kutmoqda.

Toshkent vaqti bilan 20.20da "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning maxsus reys orqali poytaxt aeroportiga uchib kelgan sportchilarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, shuningdek minglab sport ishqibozlari qarshi oldilar.

Sportchilar "Biz siz bilan faxrlanamiz!", "O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat" yozuvlari bitilgan avtobuslarda sport ishqibozlari kutib turgan Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sharof Rashidov va Navoiy ko‘chalari bo‘ylab Milliy Olimpiya binosiga qadar borishdi. Eng so‘nggi bekatda olimpiadachilar sharafiga gulduros va davomli qarsaklar yangradi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlar g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. Mukofotning umumiy miqdori 1,525 million dollarni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: O‘zbekistonda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan faxrlanish mumkin!
Farmonda ko‘rsatilishicha, oltin medalni qo‘lga kiritgan respublika sportchilariga — 200 ming dollar, kumush medal egalari — 100 ming dollar, bronza medali sohiblariga esa — 75 ming dollar pul mukofoti oladilar.

Braziliyada o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 21 o‘rinni egallashdi, o‘zbek bokschilari esa dunyoning eng yaxshi bokschilari sifatida tan olindilar.

Olimpiada ishtirokchilari O‘zbekistonga 13ta medal bilan qaytdilar: 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza.

© SputnikRioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari
Rioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Rioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari
Yangiliklar lentasi
0