Makdonald AQShga Rossiya tajovuzkorligi nega kerak bo‘lib qolganini aytdi

© Sputnik / Sergey Stepanov / Mediabankka o‘tishNATOning Estoniyada o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlari
NATOning Estoniyada o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington NATOga a’zo mamlakatlarni "Rossiyaning tajovuzkorligi" haqidagi afsonaga ishontirmoqchi bo‘lyapti. Ammo Varshavada bo‘lib o‘tgan sammit alyansning hamma a’zolari ham Moskva yuzida raqibni ko‘rmasligini isbotladi", deydi jurnalist Brayan Makdonald.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Vashington alyansga a’zo mamlakatlarni "Moskva tajovuzkorligiga" ishontirmoqchi bo‘lyapti, ammo bu afsonaga ishonmaydigan davlatlar borligi ma’lum bo‘lib qoldi, deydi jurnalist Brayan Makdonald. RIA Novosti xabari asosida.

8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti: alyans Moskvadan bo‘ladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda
Latviya va Polsha Moskva alyans uchun eng katta xavfligiga shubha qilmagan bir paytda, Gretsiya, Italiya, Avstriya va Vengriya Rossiyani o‘ziga raqib deb bilmaydi. Makdonaldning fikricha, AQShning boshqa davlatlar fikriga quloq tutmasligi mazkur muammoni keltirib chiqarmoqda.

"Vashington birgina Berlinning fikrini inobatga olishi mumkin. Ammo uning ham Rossiyaga nisbatan ohangi kun sayin qarama-qarshi tus olmoqda", — deyilgan maqolada.

Misol uchun, Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer alyansning Polshadagi harbiy mashg‘ulotlarini keskin tanqid ostiga olib, ularni "qurollar jarang-jurungi", deya atagan bir vaqtda, kansler Angela Merkel Boltiqbo‘yi mamlakatlari, ya’ni Rossiya biqiniga o‘z qo‘shinlarini yuborish istagida yonmoqda, deya yozadi jurnalist.

Makdonaldning fikricha, Qo‘shma Shtatlar o‘zining ulkan harbiy budjetini ushlab turish uchun ham "Rossiya tajovuzkorligi" mavzusini qunt ila rivojlantirmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: dunyoga zabardast AQSh kerak, lekin uning Rossiyaga qanday yashashni o‘rgatishi ortiqcha
"Vashingtonga global raqib kerak, Rossiya esa bu rolga juda mos tushadi. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi urush yadroviy qurol, raketalar, suvosti kemalari yoxud boshqa qimmatbaho qurol-aslahalarni talab qilmaydi. Rossiya bilan kuch sinashish esa shunday imkoniyatni berishi mumkin", — deb yozadi Makdonald.

Rossiya NATO uchun xavf tug‘dirmaydi, Moskvaning alyansga hujum qilishi ssenariysi esa o‘ylab topilgan uydirmadan boshqa narsa emas, deydi ishonch bilan jurnalist. AQSh o‘z ittifoqdoshlarini "Rossiya tajovuzkorligi" haqidagi afsonaga ishontirishga xarchand urinmasin, Yevropaning aksariyat davlatlari bunga ishonmasliklarini ma’lum qilishdi.

Maqola muallifi fikricha, Moskva o‘z chegarasida alyans tomonidan uyushtirilgan "qurol-aslahalar jarang-jurungiga" e’tibor qilmasligi lozim. Zero, bu narsa — qurol-yarog‘ sanoati hisobiga tamagirlik bilan shug‘ullanib kelayotgan NATOning sovuq urush sarqiti ekanligini ko‘rsatib bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0