Rossiya meva va sabzavotlar O‘zbekistondan yetkazib berilishi tarafdori

© Sputnik / StringerToshkentdagi meva va sabzavot yarmarkasi
Toshkentdagi meva va sabzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Sergey Levinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistondan meva va sabzavotlar yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratadi. Hatto, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga O‘zbekiston bilan aloqalarni faollashtirish borasida alohida topshiriq berganini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiya O‘zbekistondan meva va sabzavotlar yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratmoqda, deb ta’kidlagan Sputnik muxbiriga Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro meva va sabzavot ko‘rgazmasida Rossiya Qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Sergey Levin.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga O‘zbekiston bilan aloqalarni faollashtirish borasida alohida topshiriq bergan.

Buyu Ipak Yo‘lida Turizm - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston besh yil davomida meva-sabzavot yetishtirishni ikki baravarga oshiradi
"Rossiya O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor. Biz meva va sabzavotlar O‘zbekistondan yetkazib berilishi tarafdorimiz va bundan manfaatdormiz. Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yanada rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Bundan tashqari yarmarka qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarining boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilishiga imkon yaratadi. Ta’kidlab o‘taman, O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jalik sohasida hamkorlik qilish Rossiya uchun ustuvor va uzoq muddatli strategik vazifalardan biri hisoblanadi", — dedi Sergey Levin.

U shuningdek, mazkur yarmarka O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga yangicha tus berishiga shubha qilmasligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0