TOShKENT, 17-may — Sputnik. Moskva shahar Sherbinskiy sudi Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 7 nafar Tojikiston fuqarolarini Rossiyadan chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Yakshanba kuni migratsiya qonunchiligini buzganliklari uchun jami 7 nafar Tojikiston fuqarolari Rossiyadan chiqarib yuborildi. Ularning barchasi Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv vaqtida qo‘lga olingan edi”, — deb xabar qildi sud matbuot-kotibi Svetlana Bextina.
Bundan sal oldin Moskva shahar Sherbinskiy sudi Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuvning 20 ishtirokchisini mayda bezorilikda ayblab, 15 sutkaga hibsga olgani haqida xabar qilgan edi.
Bundan sal oldin Moskva shahar Sherbinskiy sudi Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuvning 20 ishtirokchisini mayda bezorilikda ayblab, 15 sutkaga hibsga olgani haqida xabar qilgan edi.