Erdo‘g‘on Rossiya bilan hamkorlik tiklanishi zarurligi haqida og‘iz ochdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mintaqadagi muammolar Rossiya va Turkiya hamkorligi tiklanishiniga zarurat tug‘dirmoqda, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. U shuningdek, Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 samolyotiga “Moskvaning keskin munosabati”ni Anqara hamon hazm qilolmayotganini qo‘shimcha qildi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik, Fedor Smirnov. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on regional muammolar yechimini topish uchun rossiya-turkiya munosabatlari tiklanishi zarurligi haqida bayonot qildi, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 qora qutisini Putinga ko‘rsatmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Su-24 uchuvchisi qotili qo‘lga olindi

"Afsuski, 24 noyabrdan keyin Rossiya bilan munosabatlarda murakkab davrlarni boshdan kechirapmiz. Sobiq Ittifoq parchalangandan keyin turkiya-rossiya o‘rtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotgan edi. Ammo Rossiya hukumati oxirgi yillarda yuritayotgan siyosat tufayli, hamkorligimiz "Su-24 mojarosi”dan oldinroq buzila boshladi. Moskvaning “Su-24” urib tushirilishiga nisbatan bildirgan keskin munosabatini hanuzga qadar hazm qila olmagan bo‘lsak-da, mintaqadagi muammolar o‘zaro munosabatlar tiklanishiga zarurat tug‘dirmoqda. Sababi, Rossiya va Turkiya jo‘g‘rofiyamizdagi muhim davlatlardir. Rossiyalik hamkasblarimiz buni tushunishlarini va baholashlarini kutib qolamiz”, — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on AQShga uyushtirgan safari chog‘ida so‘zlagan nutqi davomida.

2015 yil 24-noyabr kuni turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini Suriya osmonida urib tushirgach Rossiya va Turkiya munosabatlari batamom darz ketdi. Vladimir Putin bu hodisaga terrorchilar sheriklari tomonidan “orqadan berilgan zarba” deya baho berdi va Turkiyaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar ko‘rish haqida farmon chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0