O‘zbekiston jamoasining JCh 3-bosqichidagi o‘yinlar jadvali

© Christian ZeinerYevropa chempionati
Yevropa chempionati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JCh-2018 saralashining 2-bosqichi yakuniga ko‘ra, Osiyo mamlakatlaridan keyingi bosqichga o‘tgan jamoalar ro‘yxati va O‘zbekiston termasining o‘yinlar jadvali bilan tanishing.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. JCh-2018 saralashining 2-bosqichi yakuniga ko‘ra, Osiyo mamlakatlaridan keyingi bosqichga o‘tgan jamoalar ro‘yxati va O‘zbekiston termasining o‘yinlar jadvali bilan tanishing, stadion.uz xabari asosida.

JCh-2018 saralashining 2-bosqichidi ham yakuniga yetdi. Osiyo mamlakatlari orasida keyingi bosqichga o‘tgan 12 jamoa bilan tanishib chiqing: Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, BAA, Xitoy, Qatar,  Iroq, Suriya va Tailand.

Uchinchi bosqichdagi o‘yinlar uchun qur’a tashlash marosimi 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Qur’adan oldin jamoalar FIFA reytingi asosida savatchalarga ajratiladi. Reytinnga ko‘ra O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 3-savatchadan o‘rin olishdi. Demak, bu jamoalar bir guruhdan o‘rin olishmaydi.

Savatchalar tarkibi va jamoalar reytingi bilan tanishib chiqing:

O‘zbekiston Bahraynni yengdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bahraynni yengdi

1: Eron (reyting balli — 672), Avstraliya (601)
2: Janubiy Koreya (579), Yaponiya (577)
3: Saudiya Arabistoni (559), O‘zbekiston (549)
4: BAA (521), Xitoy (423)
5: Qatar (416), Iroq (333)
6: Suriya (316), Tailand (297)

Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan, qur’a tashlash natijasida jamoalar 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Guruhlarda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoalar JCh yo‘llanmasini qo‘lgan kiritadi. Uchinchi o‘rinni egallaganlar esa dastlab o‘zaro pley-off, so‘ngra KONKAKAF mintaqasining to‘rtinchi jamoasi bilan qit’alararo pley-off bosqichi orqali Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radilar. Uchinchi bosqich o‘yinlari 2016-yilning 1-sentabridan 2017-yilning 5-sentabrigacha bo‘lgan oraliqda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Filippin: oson bo‘lmagan g‘alaba

O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlar jadvali juda o‘ziga xos bo‘ladigan bo‘ldi. Jamoamiz dastlabki o‘yinni 1-sentabr — Mustaqillik kuni Toshkentda 6-savatcha vakili (Suriya yoki Tailand)ni qabul qiladi. Oradan 5 kun o‘tib 5-savatcha jamoasi (Qatar yoki Iroq) maydoniga yo‘l olamiz. Oktabr oyida esa O‘zbekiston ketma-ket ikkita o‘yinni o‘zida qabul qiladi. Yurtimizga 1 va 4-savatcha vakillari tashrif buyurishadi.

Dastlabki 4ta o‘yinda imkon qadar maksimal jamg‘arilsa, ko‘p narsa oydinlashib qoladi. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlar jadvali quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

1 sentabr. O‘zbekiston – Suriya yoki Tailand
6 sentabr. Qatar yoki Iroq – O‘zbekiston
6 oktabr. O‘zbekiston – Eron yoki Avstraliya
11 oktabr. O‘zbekiston – BAA yoki Xitoy
15 noyabr. Janubiy Koreya yoki Yaponiya – O‘zbekiston
23 mart. Suriya yoki Tailand – O‘zbekiston
28 mart. O‘zbekiston – Qatar yoki Iroq
13 iyun. Eron yoki Avstraliya – O‘zbekiston
31 avgust. BAA yoki Xitoy – O‘zbekiston
O‘zbekiston – Janubiy Koreya yoki Yaponiya

Yangiliklar lentasi
0