TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Brussel ikki yil oldin ro‘y bergan voqea – Qrim yarimorolining Rossiyaga qo‘shib olinishi yuzasidan tanqidiy bayonnoma bilan chiqdi hamda BMTga a’zo barcha mamlakatlarni Moskvaga qarshi cheklovlar e’lon qilishga chaqirdi. Ushbu cheklovlar Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga o‘xshash bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Yevropa Ittifoqi o‘zining tan olmaslik siyosatida sobit turadi. Shu jumladan, cheklovlar kiritishda davom etadi”, — deb ta’kidlanadi YeI tashqi ishlar xizmati saytida Federiki Mogerini va tashkilotga a’zo 28 davlat Tashqi ishlar vazilari nomidan e’lon qilingan hujjatda.
O‘z bayonotida Brussel BMTga a’zo-mamlakatlarni Rossiya tomonidan Qrim yarimorolining qo‘shib olinishini tan olmaslikka va BMT Bosh assambleyasining №68/262 Rezolyutsiyasiga muvofiq Moskvaga qarshi cheklov choralari ko‘rishga da’vat qilmoqda.
Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng, 2014-yilning fevralida o‘tkazilgan edi. 2014-yil 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimoroli vaqtincha okkupatsiya qilingan o‘ziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, qrim yarimoroli xohishi G‘arb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular o‘z noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanksiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.