Aviahalokat tufayli yo‘lovchilar Flydubai laynerlarida Dubayga uchishdan bosh tortishmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishBoeing-737-800 Rostov-Don aeroportida qo‘nish vaqtida halokatga uchradi
Boeing-737-800 Rostov-Don aeroportida qo‘nish vaqtida halokatga uchradi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Krasnodardan Dubayga uchiladigan reysdan 50 kishi voz kechgan.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. 140 kishidan 50 kishi Flydubai reysida Dubayga uchishdan voz kechdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Turizm sanoati ittifoqi matbuot-kotibi Irina Turina.

Rostov-na-Donudagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Rostovda mudhish aviahalokat yuz berdi

Dubaydan qaytib kelayotgan Fly Dubai aviakompaniyasiga qarashli layner, Rostov aeroporti qo‘nish chizig‘idan chaproqda, Moskva vaqti bilan 3:40da qulab tushgan. Rossiya Transport vazirligi rasmiy vakili bergan xabarga ko‘ra, samolyot takror qo‘nishga uringan vaqtda halokatga uchragan.
Aviakompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida jami 55 yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Shulardan 44tasi Rossiya, 8tasi Ukraina, ikki nafari Hindiston va bittasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganligi ma’lum.

"Bugun Krasnodardan Dubayga uchiladigan reysdan, 50 kishi voz kechdi, bu jami yo‘lovchilarning 40% deganidir”, — xabar qilmoqda Turina.

Rostovda halokatga uchragan Boeing laynerida Dubayga qarab 140 kishi uchishi lozim edi. Yo‘lovchilarning aksariyati BAAga dam olish maqsadida uchmoqchi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0