Rostovda halokatga uchragan layner bortida bitta o‘zbekistonlik bo‘lgan

© REUTERS / Stringer Favqulodda xizmat xodimlari layner parchalarini ko‘zdan kechirishmoqda
Favqulodda xizmat xodimlari layner parchalarini ko‘zdan kechirishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 44ta Rossiya, 8ta Ukraina, ikki nafar Hindiston va bitta O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rostov-Donda aviahalokatga uchragan Boeing bortida bitta O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Flydubai aviakompaniyasi. O‘zbekiston TIV hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Samolyot yo‘lovchilari orasida 44ta Rossiya fuqarosi, 8 nafar ukrainalik va ikki nafar Hindiston fuqarolari bo‘lgan, RIA Novosti xabari asosida.

Rostov-na-Donudagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Rostovda mudhish aviahalokat yuz berdi

Dubaydan qaytayotgan Boeing 737-800 layneri shanba kuni Moskva vaqti bilan 3:42da Rostov aeroportida halokatga uchradi. Samolyot noqulay ob-havo sharoitlari tufayli aeroportning uchish-qo‘nish chizig‘idan chaproqda qulab tushgan.

Kompaniya samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxatini tekshirdi. Hozircha aniq bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Boeing 737-800 bortida 55 yo‘lovchi bo‘lgan: shulardan 33 nafari ayollar, 18ta erkak va to‘rt nafar kichik yoshdagi bolalar va 7ta ekipaj a’zosi. Aviakompaniya barcha halok bo‘lgan yo‘lovchilar oilalariga o‘zining chuqur hamdardligini bildirmoqda.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan ekipaj komandiri Kipr fuqarosi bo‘lgan. Ekipaj a’zolari orasida olti nafar chet el fuqarosi va bitta rossiyalik bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0