Suriyada urush boshlangandan buyon kimoviy qurol 161-marta ishlatilgan

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriyadagi holat
Suriyadagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya-Amerika tibbiyotchilar jamiyati Suriya hududida kimoviy quroldan foydalanish holatlari haqida hisobot e’lon qildi. Urush boshlangandan buyon 1491 kishi kimoviy qurol qurboniga aylangan.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Suriyada urush boshlangandan buyon 161-marta kimoviy quroldan foydalanganlik holatlari qayd etilgan, deyiladi Suriya-Amerika tibbiyotchilar jamiyati(SAMS) saytida e’lon qilingan hisobotda.
 Tibbiyot xodimlaridan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan hisobotda, kimoviy qurol yordamida uyushtirilgan hujumlar natijasida 1491 kishi halok bo‘lgani va 14,5 mingdan ziyod kishi jarohat olganliklari aytilgan, xabar qiladi RIA Novosti.

Islom davlati jangarilari. - Sputnik O‘zbekiston
“ID” o‘z raketalarini inson tanasini yemiruvchi modda bilan o‘qlamoqda

SAMS shuningdek, 133ta, hali rasmiy tasdiqdan o‘tmagan hujumlar haqida ham ma’lumot bergan.

Hujumlarning 77 foizi BMT Xavsizlik kengashi tomonidan 2013-yil sentabr oyida qabul qilingan – Suriyadagi kimoviy qurollarni xalqaro nazorat ostiga olish va yo‘q qilish haqidagi 2118-bayonotdan so‘ng amalga oshirilgani xabar qilinmoqda.

2015 yilda Suriyada kimoviy qurol yordamida 69ta hujum amalga oshirilgani qayd etilgan.

Suriyada 2011-yilning mart oyida rasmiy hukumat va oppozitsiyachilar o‘rtasida boshlangan qurollangan mojaro hanuz davom etib kelmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, urush oqibatida 220 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0