Yil boshidan 76 mingdan ziyod qochoqlar Yevropaga dengiz yo‘llari orqali kirib kelgan

© AP Photo / Santi Palacios Qochoqlar qayiqda Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda.
Qochoqlar qayiqda Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yanvar oyi boshidan Misrga 70 ming 365 kishi, Italiyaga esa - 5898 kishi kirib kelgan. Shu jumladan, 409 kishi qirg‘oqqa yetib kela olmagan. Ular yo‘lda halok bo‘lgan va dom-daraksiz yo‘qolgan.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik, Yelizaveta Isakova. 2016-yil boshidan buyon Yevropaga dengiz yo‘llari orqali 76 mingdan ziyod qochoqlar kirib keldi, xabar qildi seshanba kuni Migratsiya bo‘yicha xalqaro agentlik(MOM), RIA Novosti xabari asosida.

Germaniya kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
DW: Germaniya ukrainalik qochoqlardan "eshikni tashqaridan yopishni"ni so‘radi

MOM ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 kun ichida Misr va Italiyaga dengiz orqali 2 mingga yaqin inson kirib kelgan. Yil boshidan buyon Yevropa dengiz qirg‘oqlariga 76 ming 263 migrant va qochoqlar dengiz yo‘llari orqali kirib kelishgan. Shular orasida, 409 kishi halok bo‘lgan yoki dom-daraksiz yo‘qolgan deb e’lon qilingan.

Misr 2016-yilda ham qochoqlarni eng ko‘p qabul qilgan mamlakat maqomini saqlab qolmoqda. Yil boshidan buyon bu mamlakatga 70 ming 365 kishi kirib kelgan.

Italiya sohillarigacha esa 5898 kishi yetib borgan.

 

Yangiliklar lentasi
0