Turkiy investitsiya jamg‘armasi O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishi mumkin

O‘zbekistonda Turkiy investitsiya jamg‘armasi ishtirokida sanoat, infratuzilma, transport, qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar sohalarida loyihalar amalga oshirilishi mumkin
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonda Turkiy investitsiya jamg‘armasi ishtirokida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning Turkiy investitsiya jamg‘armasi prezidenti Bag‘dod Amreyev bilan uchrashuvida so‘z bordi.
Uchrashuvda Jamg‘armaning operatsion faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni institutsional jihatdan shakllantirish va aniq loyihalar portfelini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni sanoat, infratuzilma, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda Jamg‘arma bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.
Tomonlar xalqaro moliya institutlari va xususiy investorlarni jalb qilgan holda O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoda tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.
Yakunda loyihalar portfelini shakllantirish va texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusi qadamlar kelishib olindi.
Turkiyadagi TDT yig‘ilishi: Saidov Erdog‘an, Fidan va Bayramov bilan uchrashdi