Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Sumi viloyatidagi Miropole aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi

O‘tgan sutkada, Ukraina Qurolli kuchlari 1195 nafar harbiy xizmatchilarini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may - Sputnik. Rossiya armiyasi Sumi viloyatidagi Miropole aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi shanba kuni.
"Shimol" kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol va qat’iyatli harakatlari natijasida Sumi viloyatidagi Miropole qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatildi", deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Armiya Rossii ustanovila kontrol nad Miropolyem v Sumskoy oblasti - Minoboroni
O‘tgan sutka davomida, Ukraina Qurolli kuchlari 1195 nafar harbiy xizmatchilarini, 17ta tank va boshqa jangovar zirhli texnikasini, 19ta dala artilleriya to‘plarini, 68ta harbiy avtomobillarini yo‘qotdi.

O‘tgan tunda Rossiya havo mudofaa tizimlari Belgorod, Bransk, Voronej, Kaluga, Kursk, Novgorod, Orol, Pskov, Rostov, Smolensk, Tver, Tula viloyatlari, Moskva viloyati, Krasnodar o‘lkasi, Qrim Respublikasi va Azov va Qora dengizlar suvlari ustidan 215 ta Ukraina uzoq masofali samolyot tipidagi uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.