TOShKENT, 2-may - Sputnik. Bugun Odessa fojiasiga 12-yil to‘ldi. 2014-yil Kiyevdagi qonli "maydan"dan bir necha oy o‘tib, Odessa shahridayoqib yuborilgan bino ichida 42 kishi qurbon bo‘lgan edi. Yana 6 kishi shu kun shaharda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda qurbon bo‘lgan.
2014 yilning 2-may kunida Ukrainaning Odessa shahrida millatchi radikallar mamlakatda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishi natijalaridan norozi bo‘lgan faollarni "Profsoyuzlar uyi"ga qamab binoning eshigini qulflab yoqib yuborishgan edi.
Yong‘indan qutilish maqsadida bino derajasida o‘zini otganlarni, tashqarida turgan millatchilar tayoqlar bilan urib o‘ldirishgan. Buni tasdiqlovchi videolavhalar internetda bor.
Ushgbu mudhish jinoyatni sodir etganlar hozirgacha jazolanmagan.