TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning sohaviy yo‘nalishlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Xususan:
sog‘liqni saqlashda insult va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash;
tibbiy ko‘rik jarayonlarini avtomatik bayonlashtirish;
raqamli tibbiy yordamchi dasturlarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini prognoz qilish;
fitosanitar xavflar bo‘yicha fermerlarning xabardorligini ta’minlash;
yaylovlarning holatini monitoringini uyushtirish;
transport sohasida yo‘l qoplamalari va temir yo‘l infratuzilmasini monitoringini o‘tkazish;
haydovchini xavfli vaziyatlardan ogohlantirish;
"aqlli" transport tizimlarini rivojlantirish;
qurilish va sanoatda esa qonunbuzarliklarni aniqlash;
smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish muddatini qisqartirish;
videotahlil orqali ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish kabi loyihalarni kengaytirish nazarda tutilgan.