Matbuot markazi

"Sputnik"da ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi

Videoko‘prikda ekspertlar ShHT oldida turgan zamonaviy tahdidlar, tashkilotning ko‘p qutbli dunyodagi o‘rni va keyingi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida "ShHTning 25-yilligi: rivojlanishning keyingi istiqbollari" mavzusida Ostona - Moskva - Minsk - Toshkent - Shanxay videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Video ko‘prikda ekspertlar tomondina tashkilot oldida turgan zamonaviy tahdidlar, ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishda ShHTning o‘rni hamda uning keyingi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Ishtirokchilar:
Moskvada:
Stanislav Korolov, Yevroosiyo tahliliy markazi boshqaruvi raisi, Rossiyadagi ShHT Xalq diplomatiyasi milliy markazi direktori.
Ostonada:
Eduard Poletayev, "Yevroosiyo dunyosi" jamoat fondi rahbari;
Potr Svoik, jamoat arbobi, iqtisodchi.
Minskda:
Olga Lazorkina, Strategik tadqiqotlar instituti tahlilchisi.
Toshkentda:
Ra’no Tursunova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Siyosatshunoslik" kafedrasi professori
Shanxayda:
Anton Bugayenko, YaMTI Xitoy va Osiyo tadqiqotlari dasturi rahbari, Xitoyda Shanxay chet tillari universiteti doktoranti.
2026 yilda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashkil etilganiga 25-yil to‘ladi. Tashkilot 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik unga Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus qo‘shilgan.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
O‘zbekiston ShHTda iqlim va ekologiya bo‘yicha qanday tashabbuslarni ilgari surdi?